YARIMFABRIKAT
YARIMFABRIKAT — bir korxonada ishlab chiqarilgan va aksariyat boshqa korxonada ishlab chiqariladigan murakkab mahsulotlarning tarkibiy qismi tarzida foydalaniladigan tayyor mahsulot. Korxonaning o’zida ishlab chiqarilgan hamda chetdan sotib olingan Yarimfabrikatlarga bo’linadi. Masalan, avtomobil dvigateli yoki avtomobil g’ildiraklari avtomobilni yig’ishda foydalaniladigan Yarimfabrikat hisoblanadi. Bir tsexda tayyorlanib, ikkinchi tsexda qayta ishlashni talab yetadigan mehnat mahsulotlari (masalan, qora va rangli metallar, kimyoviy tolalarning dastlabki tayyorlamalari) korxonaning o’zida ishlab chiqarilgan yarimfabrikat deyiladi. Kooperasiya yo’li bilan yetkazib beriladigan mahsulotlar sotib olingan Yarimfabrikat deyiladi (masalan, paxta tozalash sanoati korxonalarida tayyorlangan paxta tolasi ip yigiruv korxonalari uchun Yarimfabrikatdir).