TYANSHAN ZILZILASI

TYANSHAN ZILZILASI yer yuzida sodir bo’lgan eng dahshatli yer qimirlashlaridan biri, 1976 yilning 27 iyulida Xitoyning Tyanshan viloyatida bo’lib o’tgan. Zilzila markazidan tarqalgan tebranish kuchi 9-10 ball, magnitudasi 8 ga yetgan. Imorat va inshootlar butunlay yakson bo’lgan, 650 mingga yaqin odam halok bo’lib, 780 mingga yaqini jarohatlangan deb taxmin qilinadi. Zilzila o’chog’idan tarqalgan to’lqinlar radiusi 500 — 600 kilometr keladigan joylarda ham kuchli sezilgan va juda katta iqtisodiy zarar yetkazgan.