TYANSHANIT
TYANSHANIT (Tyanshan tog’lari nomi bilan atalgan) — mineral. 1967 yilda topilgan. Kimyoviy tarkibi Na2BaMn TiB2Si6O20. Qattiqligi 6-6,5, zichligi 3,3 g/sm3. Mo’rt. Geksagonal singoniyada kristallanadi. Noto’g’ri shakldagi yirik (5×6 santimetr) kristallar holida bo’ladi. Rangi yashil, shishadek yaltiroq. Tyanshanit ishqorli sienit uyumini kesib o’tgan pegmatit tomirida piroxlor, astrofillit, bafertisit, danburit, batolit, galenit, sfen, kaltsiy bilan birga uchraydi.