TUYABO’G’IZ

TUYABO’G’IZ — Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanidagi shaharcha. 1957 yil tashkil etilgan. Tuyabo’g’iz suv ombori («Toshkent dengizi»)ning shimoliy g’arbiy sohilida joylashgan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi (Toshkent—Angren temir yo’l) — Kuchlik (4 kilometr). Aholisi 5431 kishi (2004). Shaharchada temirbeton va asfaltbeton zavodlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, 2 umumiy ta’lim maktabi, madaniyat uyi, kutubxona, poliklinika, kasalxona, tibbiy punkt va boshqa tibbiy muassasalar bor.