TUYABO’G’IZTEPA

TUYABO’G’IZTEPA — ilk o’rta asrlarga mansub daxmali tepaliklar (milodiy 5— 8-asrlar). Tuyabo’g’iz suv ombori (Toshkent dengizi)ning shimoliy g’arbiy qirg’og’i yaqinida, O’rtaboz degan joyda joylashgan. 1959—61 yillarda (T. A’zamxo’jayev) o’rganilgan. Daxmalar tepalik ko’rinishida, bo’yi 2 metr, diametri 15— 20 metr bo’lgan. Ba’zi daxmalar katakombali inshootlar bo’lib, 2,6×2 metrli xonalarga ajratilgan. Mehnat qurollari, sopol idishlar, temir pichoq, tanga, marjon, chig’anoqlar chiqqan. Ba’zi daxmalardan nauslar ochilgan. Ulardan tartibsiz suratda qo’yilgan, tsilindr shaklidagi ossuariy va skeletlar topilgan.