TUSH

TUSH (nemischa Tushe) — vaqt o’tishi bilan rangi o’zgarmaydigan qora bo’yoq. Suv qo’shib suyultirilsa, kulrang tus oladi. Yog’och, o’simlik moylari, neft va boshqa qurumidan tayyorlanadi. Bo’yoq hosil qiluvchi toshko’mir moddalaridan tayyorlanadigan qizil, yashil, ko’k va boshqa rangli Tush ham bo’ladi. Sharq mamlakatlarida, ayniqsa, Xitoy, Koreya, Yaponiyada qadimdan foydalanilgan. 15-17-asrlarda Yevropaga tarqalgan. Tush chizmachilikda, grafika asarlarini bo’yashda, xat yozishda ishlatiladi.