TUFLAR
TUFLAR (italyancha tufo) — turli xil yo’l bilan hosil bo’ladigan tog’jinslari guruhi. Ohaktoshli, kremniyli va vulkanik Tuflar mavjud. Ohaktoshli Tuflar yengil, g’ovak jinslar bo’lib, ularda o’simlik va organik qoldiqlarining izlari bo’ladi. Geyzeritlar kremniy Tuflardandir. Vulkanik Tuflar vulkan otilish jarayonida qattiq jinslardan hosil bo’ladi, ularning tarkibi liparit, dasit, andezit va bazaltdan iborat. Tuflar qimmatbaho qurilish materiali bo’lib, betonga qo’shimcha sifatida ishlatiladi.