TUXSI
TUXSI — turkiy qabilalardan biri. Tuxsilar 7-8-asrlarda turkiy kabila Ittifoqi tarkibida bo’lib, Turkash xoqonushgining siyosiy hayotida faol qatnashgan. Tuxsilar 8-10-asrlarda Yettisuv va Issiqko’lning Janubda yashagan. Ular, asosan, ko’chmanchi chorvador bo’lganlar. 766 yil qarluklar Yettisuvni egallagach, Tuxsilar ular tarkibiga kirib, o’zbek elatining shakllanishida faol qatnashgan. 10-11-asrlar davomida Tuxsilarning katta qismi Movarounnahr hududiga ko’chib kelib o’troqlashgan va mahalliy aholiga aralashib, keyinchalik o’z etnik nomlarini batamom unutib yuborgan.