Sirk qay tariqa vujudga kelgan?
Odamzot uning ko’nglini xushnud etishlarini hamisha xush ko’rgan. Sivilizasiya kurtak yoza boshlaganidan buyon kishilarning ko’nglini xushnud etgan ko’zboylog’ichlar, akrobatlar, hayvon o’rgatuvchilar va masxarabozlar bor. Qadimgi Yunonistonda foytunlar poygasi, Xitoyda — «ilonodam», Misrda yovvoyi jonzotlarni qo’lga o’rgatuvchilar bo’lgan. Faqat Rimdagina buningdek ko’ngil ochishga qaratilgan xatti-harakatlar va boshqa tomoshalarini sirkka birlashtirish g’oyasi paydo bo’ldi. Dastavval lotinchadan kelib chiqhan «sirk» kalimasi tomoshalarini istalgan turidan ko’ra, poygaga ko’proq aloqador bo’lgan. Shu bois sirk poygadan boshlangan, rimliklar tomonidan ularga atab bunyod etilgan inshoot esa «sirk» deb atalgan. «Maksimus» sirki ilk qaldirg’och va o’sha zamonaga nisbatan olganda eng yirigi bo’lgan. U miloddan avvalgi III yuzyillikda vujudga kelgan va keyinchalik kengaytirilgan edi: unga 150 000 odam sig’ishgan. Sirkka borgan rimliklar bizning zamonamizdagi singari go’yo sehrli maydonchaga tushib qolishgandek bo’lishgan. Qandolat mahsulotlari, sharob va boshqa tovarlar bilan savdo-sotiq qilinar edi. Kirish tekin bo’lgan, chunki hukumat sirkdan xalqni qanoatlantirish, e’tiborini turmush muammolaridan chalg’itish maqsadida foydalangan. Rimda alaloqibat sirk san’atiga tarkibiy qism sifatida singishgan vaqtixushliklarning har xil turlari mavjud bo’lgan. Ayrim sirklarda ko’zboylog’ichlar, akrobatlar, dorbozlar va hayvon o’rgatuvchilar bo’lgan. Ba’zilarida-ku o’zaro mushtlashuvchi ayiqpolvonlar tomosha ko’rsatar edi! Poyga chog’ida bir vaqtning o’zida yugurib borayotgan ikkala otni boshqarish, bir yugurayotgan otdan boshqasiga irg’ib o’tish, chopayotgan otlar ustida jonli ehromlar yasash singari, ya’ni biz zamonaviy sirkda ko’radigan tryuklar turlarining tomoshasi uyushtirila boshlandi. O’rta asrlarda risoladagidek uyushgan sirklar bo’lmagan. Artistlar trupppasi kezib yurar, har xil tryuklar namoyish etar edi. Birinchi sirk, bizga endilikda ma’lum bo’lishicha, ingliz Filipp Estli tomonidan 1768 yilda tashkil etilgan. U Londonda ko’plab miqdordagi o’rinlarga va arenaga ega bo’lgan imorat quradi. O’sha joyda ot poygasi bo’lib o’tar, akrobatlar, masxarabozlar tomosha ko’rsatar edilar. Uning ortidan ko’plar bu g’oyaga qiziqib qoladi, sirk esa butun jahon mihyosida ommaviy tomoshaga aylanadi.