Mim o’zi kim?

Mim — bu, so’zlamasdan rol ijro etuvchi aktyor. U his-tuyg’ular va fikrlarni tana, qo’l harakati va yuzning mimikasi — ma’noli ifodasi, pantomimalar yordamida ifodalaydi. Mimika taqlidni anglatadi. Antik xalq teatrida tomoshabinlar aktyorlarning qaysi so’zlar bilan emas, balki ularning qay bir imo-ishoralar bilan kulayotgan qiyofalarni tasvirlab beruvchi o’yinini huzur-halovat bilan tomosha qilgan. O’rta asrlarda Italiyada qaytadan hayot baxsh etilgan pantomimalar san’ati shu yo’sin dunyoga kelgan. Italyan komediyalarining personajlari — Pulchinello va Arlekino mimlarning eng suyukli qahramoniga aylandi. XIX asrda esa iste’dodli frantsuz mim-aktyori Jan Batist Debyuro butun jahonga tanilgan Pero timsolini yaratdi.