Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket

Ko’lankalar teatri nima?

Ko’lankalar teatri Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, shuningdek Hindistonda ko’p mingyillardan beri mavjud. Unda parda ham, dekoratsiya ham yo’q. Tomoshabinlar ortidan yorug’chiroq bilan yoritiladigan kattakon oppoq ekran qarshisida joylashishadi. Qo’g’irchoqboz aktyorlar ham ekran qarshisida, faqat teskari tomonidan o’rin oladilar. Ingichkagina suyakdan yasalgan tayoqchalar bilan ular yapasqi qo’girchoqlarni ekranga chirmashtiradilar, shunda ekranda yorqin botiq ko’lanka paydo bo’ladi. Ko’lankalar teatrida qadim-qadimdan asosan asotiriy va qahramonlik rivoyatlari bo’lgan pyesalar namoyish etilgan. Ular bolaligidan buningdek asarlarning asosiy voqealari va qahramonlari bilan tanish bo’lgan tomoshabindan maxsus tayyorgarlikni talab qilmas edi. Mana shuning uchun ham aktyor qahramonni “ko’rsatishi” kerak edi, tomoshabinning tasavvuri esa qolganini o’zi “chizib” olaverardi. Biroq, bordi-yu, qo’g’irchoqboz negadir xato qilgudek bo’lsa, unda tomoshabinlar jo’rovoz bo’lib unga nima qilish kerakligini o’rgatishgan. Aksariyat hollarda bunday spektakllarda ekranda namoyish etilayotgan lavha mazmunini tomoshabinlarga naql qiluvchi roviy ishtirok etgan.

Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket