Qo’g’irchoq tomoshalari qay tariqa boshlangan edi?

Xuddi siz bilganingizdek, qo’g’irchoqlarning ko’pgina turlari mavjuddir. Mana, ulardan ba’zilari: qo’lqopli, suyanchiqli, ko’lankalar teatrlari uchun qo’g’irchoqlar, marionetkalar. Ular tepadan arqonlar yoki simlar bilan, pastdan hassa yoki qo’llar bilan boshqariladigan figralardir. Qo’g’irchoqlar xuddi teatrning o’zi singari qadimiy nasabga egadir. Ilk qo’girchoqlar, aftidan, Hindiston yoxud Misrda yasalgan edi. Mingyillar avvalgi qo’g’irchoq teatri har ikkala mamlakatda ham topilgan edi. Marionetkalar, ya’ni tepadan boshqariladigan qo’g’irchoqlar o’z nomlanishini Italiyada topgan edi. Ilk nasroniy hayitlari uchun chaqaloq Iso Masih, Bibi Maryamni qo’shgan holda Masih Mavludi syujeti bilan birlashtirilgan jajji figuralar yaratilgan va ular arqonlar bilan harakatga keltirilar edi. Qo’g’irchoqlarning bunday turi «Marionetka», ya’ni «Mitti Mariya» degan nom oladi. Xitoyda, Yaponiyada, Yavada afsonalar va ertaklardagi bahodirlar, ilohlar, hayvonlarni namoyish etish maqsadida qo’g’irchoq tomoshalari uchun figuralar yasalar edi. Yavada, Tailand va Yunonistonda ko’lankalar teatri vujudga keldi. U ortida xira yoritgichi bo’lgan tik ekran qarshisiga qirqma yapashi figurachalarni joylashtirish tamoyiliga ko’ra amal qilar edi. Siz Motsart, Gaydn, Glyuk singari ulug’ kompozitorlar qo’g’irchoq teatrlari uchun maxsus pyesalar bastalashganini bilasizmi? Bolalar jonu dilidan sevadigan tarixlardan biri Pinokkio — jon ato etilgan qo’g’irchoqning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Bir talay mamlakatlarda shunga o’xshagan mashhur personaj mavjud. U Angliyada — «Panch», Italiyada — «Pulchinello», Fransiyada — «Yortichakmon» nomlari bilan dong taratgan. Qo’g’irchoqlar istalgan zaruriy o’lchamlarga ega bo’ladi. Bo’yi atigi 15 sm bo’lgan marionetkalar mavjud, ba’zilariniki esa 9-12 metrga etadi. Shuningdek ancha-muncha durust aktyorlardan qolishmaydigan qo’girchoq hayvonlarni ham yasash mumkin.