Radar nima?

«Radar» deyilganda, odatda, radiolokatsion stantsiyalar xayolga keltiriladi. Radar yordamida, masalan, inson nigohidan yashirin balandliklarda uchayotgan tayyoralar (samolyotlar) aniqlanadi. Radar tayyoralarning o’ziga ham qorong’u tunda, tumanlar og’ushida yo’l topishda, qo’nish paytida, bir so’z bilan, ularni boshqarishda bevosita yordam beradi. Radarning aylanuvchi antennasi radioto’lqinlar jo’natadi. Ular o’z yo’lida «ob’yekt»ni uchratib, to’qnashib, orqaga qaytadi. Radiosignalning uzatilishi va qaytishi o’rtasida o’tgan vaqt «ob’yekt»gacha bo’lgan masofani aniqlashga imkon beradi. Radiosignallarni uzluksiz jo’natish orqali esa tayyora parvozining traektoriyasini bilib olish mumkin. Aerodromlarda va dengiz bandargohlariga (portlarida) o’rnatilgan radarlar vositasida tayyoralar va kemalar harakatining manzarasini ekranga tushirish mumkin bo’ladi. O’z navbatida, tayyoralar va kemalar ham radarlardan o’z yo’lida uchraydigan to’siqlarni aniqlash uchun foydalanadi. Birinchi radar tarmog’i Buyuk Britaniyada 1931 yilda yaratildi, 1935 yilda esa tayyoralarning uchishini boshqarishda qo’llanildi.