Radio insonga qanday xizmat qiladi?

Dastlabki paytda radio Morze alifbosi yordamida ma’lumotlarni uzatish uchun qo’llanilgan edi. Hozirgi kunda ham bu usuldan, masalan, halokat yuz bergan yerdan signallarni uza tishga foydalaniladi. «Radio» so’zining o’zi «radiotelegraf» so’zining qisqartma shaklidir. To’g’risini aytganda, hozirda ham efirning (havo to’lqinlarining) katta qismi xavfsizlik bilan bog’liq signallarni qabul qilish bilan banddir. Radio politsiya (militsiya) va boshqa ko’psonli qutqaruvchi xizmat sohalarining faoliyati uchun juda zarur. Dengizda esa har uch minutda, uzatilgan halokat signallarini qabul qilish uchun, «radiosukunat» muddati joriy qilingan. Texnik imkoniyatlar taraqqiyoti shunga olib keldiki, radio orqali ovoz va musiqani uzatish sharoitlari vujudga keldi. Shu tariqa radio har bir inson hayotiga yaqin bo’lib qoldi. Hozirgi kunda u turmushimizning tarkibiy bir qismidir. Keng jamoatchilik uchun radio eng avvalo dam olish va axborot qabul qilish vositasiga aylandi. Hozirgi kunda maxsus rasmiy markaziy radiostantsiyalar ham, bundan tashqari ko’pgina mahalliy va mintaqaviy radiostantsiyalar ham mavjud. Ular o’z radiotinglovchilariga musiqa, sport yangiliklari, o’yinlar, axborotlar, kontsertlar, diniy xizmat, ma’rifiy eshittirish kabi xilma-xil dasturlarni taklif etadi.