Moskva badiiy teatriga kimlar asos solgan?

Moskva badiiy teatriga K. S. Stanislavskiy va V. I. Nemirovich-Danchekolar tomonidan asos solingan edi. Kunlardan bir kuni ular Moskvaning odatda shu shaharlik savdogarlar o’rtasida amaliy bitishuvlar tuziladigan «Slavyanskiy bazar» restoranida uchrashib qoladilar. O’n sakkiz soatlik suhbatdan keyin ular Moskvada yangi teatr ochishga ahd qilishadi. Uning truppasi Nemirovich-Danchenkoning Moskva filarmoniya bilim yurtida tahsil ko’ruvchi shogirdlaridan va Stanislavskiy bilan birga ishlaydigan havaskorlar guruhidan tashkil topgandi. A. K. Tolstoy qalamiga mansub «Podshoh Fedor Ioannovich» pyesasining sahnalashtirilishi birinchi spektakl bo’ldi. Premyera 1898 yil 14 oktyabrida «Ermitaj» teatrining sahnasida bo’lib o’tdi. Xuddi o’sha yili teatr Chexovning yangi teatrning o’ziga xos emblemasiga aylangan «Chag’alay» pyesasini namoyish qiladi. 1902 yildan beri teatr Kamergerskiy muyulishida uning uchun maxsus qurilgan bioni makon tutadi. Bino XX asr boshlari madaniyati yodgorligi sanaladi, chunki uning qurilishi va bezatilishida o’sha kezlarning yirik musavvirlari va me’morlari — A. S. Golubkina, F. F. Shextel qatnashgan edilar. Yangi teatr tez orada nafaqat Moskvada, hatto Yevropada alohida mavqega ega bo’ldi. Uning mashhurligi nainki o’sha kezlarda L. Andreyev, M. Gorkiy, S. Naydenov, A. Chexovlarning eng zamonaviy pyesalari kiritilgan repertuari bilan asoslangan edi. Ushbu spektakllar ustida ishlash pallasida personaj ruhiyasi xususiyatlarini, qahramonlarning his-to’yg’ularini, kayfiyatlarini, kechinmalarini nozik ifodalab bera oladigan aktyorlarning boshqacha tipi shakllangan edi. Pyesalar tomoshabinlarga yaxshi tanish bo’lgan kundalik vaziyatlarni esga solardi va shuning uchun ochiqligi va bir vaqtning o’zida ularda ko’tarilayotgan muammolarning dolzarbligi bilan ko’rguvchilarning diqqat-e’tiborini jalb etar edi. Mualliflar oiladagi o’zaro munosabatlar haqida, jamiyatdagi maqomidan qat’i nazar har bir insonning qadr-qimmati to’g’risida so’z yuritar edi. Stanislavskiyning rejissyorlik san’ati sharofatidan teatrda ko’p hollarda XX asr rus ziyolilarining kayfiyatlarini belgilab bergan o’ziga xos muhit shakllangan edi.