Nega Maliy teatrni «Ostrovskiy uyi» deb atashadi?

Maliy teatr 1824 yilda ochilgan va ko’p o’tmay Rossiyaning yetakchi teatriga aylangan edi. Bu dargohda A. S. Griboyedovning «Ahllilik balosi» (1831), N. V. Gogolning «Revizor» (1836) pyesalari sahnalashtirilgan edi. Ammo mazkur teatr tarixidagi zalvorli bosqich A. N. Ostrovskiy nomi bilan bog’langan. Dramaturg elliginchi yillarning boshlaridan to umrining so’nggi damlariga qadar Maliy teatr bilan birga qoldi. Bu sahnada dramaturgning barcha pyesalari dunyo yuzini ko’rdi. Shuning uchun ham munaqqidlar Maliy teatrni «Ostrovskiy uyi» deb ataydigan bo’lishdi. A. N. Ostrovskiy 1865 yilda Moskvada artistlar to’garagini tashkil etadi, Maliy teatrning deyarli barcha taniqli aktyorlari — Muziliylar, Rijovlar, Sadovskiylar uning bag’ridan chiqishgan. Ostrovskiyning 1886 yildan e’tiboran Moskva imperatorlik teatrlari repertuar sho’basining boshlig’i bo’lib ishlagani ham teatr tarixida katta ahamiyat kasb etdi. Shu bois Maliy teatrda qo’yilgan asarlar har doim butun Rossiya madaniy hayotida voqeaga aylanar edi. Teatr san’ati sohasidagi deyarli barcha eng qiziqarli narsalar o’z ijodiy hayotini Maliy teatr sahnasidan boshlagan. Endilikda teatrda Ostrovskiy muzeyi joylashgan, unda dramaturg pesalari sahnalashtirilishiga, shuningdek ayni teatrning tarixiga bag’ishlangan materiallar to’plangan.