ITBALIQ

ITBALIQ — dumsiz amfibiyalar lichinkasi. Uvildirikdan rivojlanadi. Suvda yashaydi. Tashqi jabrasi, harakatlanishga yordam beruvchi uzun dumi, suv osti jismlariga yopishuvchi organi va yon organlari bor. Oyoqlari bo’lmaydi. O’simliklar bilan oziqlanadi. Metamorfoz yo’li bilan rivojlanadi, Yuragi dastlab 2 kamerali, rivojlanishi davomida (3-4 oydan keyin) uch kamerali bo’lib qoladi; dumi yo’qoladi; orqa oyoqlari rivojlanadi; jabra va Jabra yoriqlari yo’qolib, o’pka bilan nafas ola boshlaydi. Sezgi organlari o’zgaradi; yon chiziqlari yo’qoladi. Shu o’zgarishlardan keyin Itbaliq baqaga aylanib, quruqlikka chiqadi.