ITELMENLAR

ITELMENLAR — Rossiya Federatsiyasidagi xalq. Kamchatka viloyatida yashaydilar (2,4 ming kishi, 1990 yillar o’rtalari). Itelmen tilida so’zlashadi. Kamchatkaga ko’chirib keltirilgan rus dehqonlari va kazaklari ta’sirida 18-asr o’rtalarida Itelmenlar orasida xristian dini (pravoslavie mazhabi) tarqalgan. Mongoloid irqiga mansub. Baliqchilik, dengiz hayvonlarini ovlash, mo’yna tayyorlash va chorvachilik bilan shug’ullanadi. Itslmenlarning an’anaviy turar joyi.