Nega ayrim odamlar qora mushukdan qo’rqishadi?
Siz, albatta, ba’zida odamlar yo’ldan qora mushuk o’tib qolgudek bo’lsa, izlariga qaytishganini ko’rgansiz. Biroq, ular orasidan kimdir qachonlardir bu odatning ildizlari eng qadimgi zamonlarga borib taqalishi xususida mulohaza yuritib ko’rmagan bo’lsa kerak. Dorilbaqo vakili sifatida mushukka topinish haqidagi dastlabki qaydlar va eslatmalar miloddan avvaligi ikkinchi mingyillikka taalluqli bo’lib, o’shanda Misrda chinakam mushuk kulti, bu jonzotga bag’ishlangan marosimlar va hayitlar tizimi rivojlangan edi. Mushuk boshqa xalqlarda ham har doim dorilbaho bilan bog’langan. Masalan, litvaliklar, latishlar va ruslarning folklorida shayton yonarko’zli urg’ochi mushukka yoxud mushukka aylanishi mumkinligi to’g’risida ko’plab naqllar borligi ma’lum. Ba’zida mushukka evrilgan shayton ocharvoq bo’lib chiqadi. Odamzotning yo’lini tasodifan kesib o’tgan qora mushuk muqarrar ravishda baxtsizlik keltirishi xususidagi tasavvur, ko’rdingizmi, qay yerdan kelib chiqqan ekan. Shuning uchun ham o’rta asrlarda jodugarlar ishi ko’rilgan sud protsesslari paytida mushukni uning bekasi bilan birga maxsus savatda gulxanda yondirishgan. Mushukning dod-fig’oni shaytonga tan topilar, aynan shaytonning o’zi gulxanda to’lg’anib tipirchilamoqda, deyishardi. O’rta asrlarning mashhur tabibi, yuqumli kasalliklar epidemiyasiga qarshi kurashish to’g’risida dastlabki risolaning muallifi Paratsels go’yo shaytonga evriladigan mushuk kishilarga vabo keltirishiga mutlaqo ishongan.