FIZIK MAYDONLAR
FIZIK MAYDONLAR – materiyaning alohida shakli; cheksiz katta erkinlik darajasiga ega bo’lgan fizikaviy tizimlar. Fizik kattaliklarning fazoda uzluksiz taqsimlanishi bilan tavsiflanadi va cheksiz erkinlik darajalari soniga ega bo’ladi. Elektromagnit va gravitasion maydonlar, yadro kuchlari maydoni, turli zarralarga tegishli to’lqin (kvant) maydonlar Fizik maydonlar qisoblanadi. Maydon tushunchasini birinchi marta 19-asr 30-yillarida M.Faradey elektr va magnit maydonlarga nisbatan ishlatgan. M.Faradeyning elektromagnit maydon to’g’risidagi g’oyasini 19-asr 60-yillarida J.K.Maksvell rivojlantirgan. Hozirgi zamonaviy elementar zarralar nazariyasida o’zaro ta’sirlashuvchi kvant Fizik maydonlar (elektronpozitron, foton, mezon) va boshqa maydonlar o’rganiladi.