TEXNOPOLIS

TEXNOPOLIS (lotincha techne — san’at, hunar va polis — shahar) — innovasiya jarayonlarini jadallashtirish, texniktexnologik yangiliklarni tez va samarali qo’llashga yordam berish maqsadida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar shakllaridan biri. Jahon darajasidagi yuqori texnologik mahsulot ishlanmalarini yaratadigan va uni ishlab chiqarishni o’zlashtiradigan mintaqaviy markaz Texnopolis o’zagini tashkil etadi. Texnopolisning faoliyat dasturi, odatda, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o’tkazish va ularning natijasini ishlab chiqarishda qo’llashdan iborat bo’ladi. Texnopolislar davlat tomonidan qo’llab quvvatlanadi.