KANOVIZ

KANOVIZ, kanaus (forscha) — shoyi mato turi; sof ipakdan to’qilgan. Kanoviz matosi bir necha hunarmandlar ishtirokida tayyorlanadi. Ipak ipga chizmakash gullarni abrbandi usulida chizib beradi, to’quvchi bo’yalgan ipdan mato to’qiydi. Buxoro, Samarqand, Qo’qon, Marg’ilon, Namangan va boshqa shaharlarda xonatlas, shoyi qatorida Kanoviz xam ishlab chiqarilgan, keng tarqalgan va qadrlangan. Buxoroda shohi nomi bilan ham atalgan.