KANNISSARO REAKTSIYASI
KANNISSARO REAKTSIYASI – al degidlarning ishqorlar ta’sirida disproportsiyalanishi natijasida birlamchi spirtlar va karbon kislotalarga aylanishi. Bunda aldegidning bir molekulasi qaytarilib, spirtga, ikkinchi molekulasi oksidlanib, kislotaga aylanadi. Reaktsiya ishqoriy muhitda borganda kislota emas, balki uning tuzi hosil bo’ladi; masalan, 65 S6N5SOOK S6N5SN2ON bu reaktsiya muayyan aldegidlarni qaytarib, tegishli spirt, karbon kislotalar va boshqalar olishda ishlatiladi. Reaktsiyani Italiyalik kimyogar S. Kannissaro 1853 yilda kashf qilgan.