KRIOTURBATSIYA

KRIOTURBATSIYA (krio… va lotincha turbatio — g’ijimlangan, tartibsiz) — dispers tog’jinslarining tekstura shaklida joylashishi. Bunda kesmadagi qatlamlar shakli girdob, bukilma, halqa va hokazolar ko’rinishda bo’ladi. Jinslarning dispers qatlamida haddan ortiqcha doimiy yig’ilgan namlikning muzlashi yoki erishidan dinamik deformatsiya ta’sirida vujudga keladi.