KAROLINGLAR

KAROLINGLAR — Frank davlatida qirollar (751 yildan) va imperatorlar (800 yildan) sulolasi. Pipin Pakana Karolinglarning 1-qiroli bo’lgan. Karolinglar nomi Buyuk Karl nomidan olingan. Buyuk Karl imperiyasi parchalangach (843), Karolinglar Italiya (905 yilgacha), Germaniya (911 yilgacha), Frantsiya (987 yilgacha) hududlarida hukmronlik qilishgan.