YALTA

YALTA — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar (1837 yildan). Qora dengiz bo’yidagi port va mashhur iqlimiy kurort, Qrim yarim orolining janub sohilida. Simferopolt. Yalta stantsiyasidan 79 kilometr (Yalta — Simferopol yo’nalishida trolleybus qatnaydi). Simferopol, Boqchasaroy. Sevastopol shahrilariga boradigan avtomobil yo’llari chorrahasi. Dengiz yo’llari orqali Odessa, Batumi, rostovdon shahrilari bilan bog’langan. Aholisi 81,6 ming kishi (2001). Shahar 1 145 yildan Jalita nomi bilan ma’lum. 14-asrdan Gsnuya Koloniyasi, 1475 yildan Turkiya qaramog’ida. 1783 yilda Rossiyaga qo’shib olingan. 1838 yildan Tavriya gubernyasining UETD shahri. 19-asr oxirlaridan Yalta Kurort sifatida rivojlandi. 1445 yilda Yaltada Qrim konferentsiyasi bo’lib o’tgan. 1954 yildan Ukraina tarkibida. 1991 yildan Ukrainaning Qrim Respublikasi tarkibida. Yaltada tamakifermentasiya, sut, asfaltbeton zavodlari, vino sanoatining «massandra» ishlab chiqarish agrar birlashmasi, baliq kombinati, bosh kiyimlar fabrikasi bor. Suvenirlar ishlab chiqariladi. 2 teatr, filarmoniya, tarixiy muzey, A.P. Chexov uy-muzeyi faoliyat ko’rsatadi. Yalta yaqinida Nikita botanika bog’i bor. Shaharda o’rta asrlardan Isar istehkomi xarobalari, Iograf unguri saqlangan.