KOSOVO MAYDONI

KOSOVO MAYDONI – Serbiyaning Janubdagi tog’ oralig’idagi cho’kma. Balandligi 500-700 metr. 1389 yil 15 iyunda Kosovo maydonida Serbiya — Bosniya qo’shinlari (15-20 ming kishi, Knyaz Lazar boshchiligida) Turkiya sultoni Murod I armiyasi (27— 30 ming kishi)dan mag’lubiyatga uchragan. Serbiya Usmonli turk saltanati vassaliga aylangan.