KOREYA BO’YNI
KOREYA BO’YNI – Koreya yarim orolining shimolidagi, G’arbiy Koreya va Sharqiy Koreya qo’ltiqlari oralig’idagi siqiqjoy, KXDR hududi. Kengligi 160 kilometr, eng baland joyi 1833 metr. G’arbiy va Sharqiy qismi sohilbo’yi tekisligidan, markazi o’rmonlar bilan qoplangan Puktebon tizmasidan iborat.