KOSAMON
KOSAMON (kosa va forscha — qo’ymoq) — tuy va ma’rakalarda mehmonlar oldiga dasturxon yozib, patnis va taom qo’yuvchi kishi. Kosamon shahar mahallalari va qishloqlarda jamoatchilik tomonidan saylab quyiladi. U, asosan, erkaklar davrasiga xizmat qiladi. Kosamon mehmonlarni tartib bilan kutish, joylashtirish, osh quyish va kuzatish ishlariga bosh-qosh bo’ladi. O’zbekistonning ayrim viloyatlarida kayvoni, dasturxonchi, Bavurchi, bakovul nomlari bilan ataladi.