KOSSYUSHKO
KOSSYUSHKO — Avstraliyadagi eng baland cho’qqi, Avstraliya Alp tog’larida. Balandligi 2230 metr. Granit intro’ziyali kristall jinslardan tuzilgan. Cho’qqida 5 oy davomida qor saqlanadi. Muzlik landshafti xos, Alp va subalp o’simliklari, evkalipt o’rmonlari bilan qoplangan. Milliy Park tashkil etilgan. Polyak milliy ozodlik harakati arbobi T. Kostyushko nomi bilan atalgan. Qishki sport o’yinlari markazi.