Noma’lum uchuvchi jismlar nima?
Ularning ko’pchilikning qulog’i o’rgangan nomi — uchar likopchalar. O’rganib qolganimizdek, NUJ — «noma’lum uchuvchi jismlar» demak. Ular haqiqatan mavjudmi o’zi? Ular haqida bir talay kitoblar bitilgan, minglab odamlar ularni ko’rganmiz deydi, ba’zi birovlar esa hattoki suvratga tushirganmiz deb ta’kidlashadi. Ilmiy tadqiqotlarning ko’rsatmalariga qaramasdan, NUJ mavjud ekanligiga ishonadigan kishilar hamisha uchrab turadi. Uchar likopchalar haqidagi xabarlarni tadqiq etishlar NUJ bir-biridan farq qilishini ko’rsatadi. Ayrim odamlar yapaloq shakldagi likopchalarni ko’rganligidan xabar berishsa, boshqalari likopchalarni gardish, sigareta yoki go’mma shaklida ko’rgan bo’lishadi. Aftidan likopchalarning ranglari ham ularning shakllari singari xilma-xildir. Ayrimlari hatto ular kuzatilib turilgan paytlarda o’z rangini o’zgartirgan. Odamlar likopchalar har xil tezlik bilan va hamma yo’nalishlarda — yuqoriga va pastga tik yoki siniq burchak ostida harakatlanganini ko’rishgan. Ular havoda harakatlanmasdan muallaq turishi, chiyildoq ovoz chiqarishi yoki na’ra tortishi ham mumkin. AQSh harbiy-havo kuchlari uchar likopchalar haqidagi bildiruvlarni tadqiq eta boshlaganida ular odamlar o’zidan biron narsa to’qimaganligini aniqlashdi. Uchar likopchalar haqida xabar bergan hamma odamlar haqiqatan ham nimanidir ko’rishgan. Xo’sh, nimani? Ayrim hollarda o’sha «nimadir» zond bo’lib chiqadi. Boshqa hollarda esa ular su’niy yo’ldosh, bulut, meteorit, yulduz, qush, sayyora yoki mushak bo’lib chiqhan. Ko’ringanlar orasida shuningdek Quyoshning muz kristallarida aks etishi ham bor. Uchar likopchalar haqidagi tasavvurlar sharsimon-uyurma yashinlardan ham paydo bo’ladi. Mabodo likopchalar chindan ham fazoviy kemalar bo’lganida, ular haqidagi hikoyalarda qandaydir mushtaraklik bo’lur edi. Netongki, u yo’q. Buning sababi shundaki, odamlar fazoviy kemalarni emas, balky boshqa ob’yektlarni ko’rishadi. Shu bois olimlar o’zga olamlardan fikrlovchi mavjudotlar bizga — yerga tashrif buyurishiga, ustimizdan nazorat qilishiga yoki sayyoramizga bostirib kelishiga hech bir guvohlik yo’q, deya faraz qiladilar.