KASABLANKA KONFERENTSIYASI

KASABLANKA KONFERENTSIYASI (1943) — AQSh Prezidenti F. Ruzvelt, Buyuk Britaniya bosh vaziri U.Cherchill va shu davlatlar oliy harbiy boshliqlarining 1943 yil yanvardagi anjumani. Gitlerchilarga qarshi shu ittifoqchilarning 1943 yilga mo’ljallangan harbiy amaliyotlari muhokama qilingan. Kasablanka konferentsiyasida mazkur ittifoqchilarning qo’shinlarini Sitsiliyaga kiritish yuzasidan qaror chiqarilgan. Shimoliy Frantsiyada 2-frontni ochish tadbirlari keyingi muddatga qoldirilgan.