KARTLI
KARTLI (Kartaliniya) — Sharqiy Gruziyadagi tarixiy viloyat. Kura daryosi vodiysida. Antik va Vizantiya manbalarida Iberiya nomi bilan ma’lum. Miloddan avvalgi 4-asrdan Kartli podsholigi (Iberiya). Kartli taxminan 337 yilda xristianlikni qabul qilgan. Milodiy 10-asrning oxiridan Kartli yagona gruzin davlatining o’zagi bo’lgan. 15-asrning 2-yarmi — 18-asrlarda Kartli podsholigi.