KOLXIDA MADANIYATI
KOLXIDA MADANIYATI – G’arbiy Gruziyadagi so’nggi jez va ilk temir asriga oid arxeologik madaniyat (taxminan miloddan avvalgi 13-7-asrlar). Manzilgohlar qoldiqlari, mozorqo’rg’onlar, xazinalar topilgan. Jezdan ishlangan qurollar orasida ilk temir buyumlar ham uchraydi. Asosiy xo’jalik tarmog’i — dehqonchilik bo’lib, chorvachilik, temirchilik taraqqiy etgan.