KOMBAYN

KOMBAYN (inglizcha combine — birlashish) — ish tsikli, odatda, tayyor mahsulot ishlab chiqarish bilan tugallanadigan bir necha mexanizmdan tashkil topgan mashina, mashina agregati; turli yo’sindagi bir necha ishlarni bir yo’la bajaradi. Kombayn ko’p turi uy-ro’zg’orda, qishloq xo’jaligida, kon va yer qazish ishlarida qo’llanadi, masalan, kon kombayni, don kombayni.