JUFTAK

JUFTAK — miskarlik asbobi. Asosan mis idishlarni kavsharlashda ishlatiladi. Ombirga o’xshaydi, biroq undan ancha kichik, yupqa va nozik bo’ladi. Juftak soatsozlikda ham (soat qismlarini qimtib olib, joy-joyiga qo’yishda) ishlatiladi. Juftakni ilgari chilangar ustalar yasagan. Hozir Juftak o’rnida asbobsozlik zavodlarida ishlangan qisqich (pintset) va boshqa asboblar qo’llaniladi.