JO’YBOR

JO’YBOR — 1) Buxoro shahrining Janubi- g’arbida joylashgan mavze. 11-asr oxirida bu joy obod qilinib shohona saroy qurilgan. Bu saroy Buxoro hukmdorlarining qarorgohi bo’lgan. 15-asr boshlarida bu yerga Jo’ybor xojalari kelib joylashgan (nomi shundan); 2) kanal, Daryo, ba’zan ariq bo’yidagi joylar; tarixiy manbalarda, xususan, vaqfnomalarda ko’p uchraydi.