KALANDR

KALANDR (Fransuzcha calande — Dumalatish, yaltiratish) — materiallar (gazlama, qog’oz, rezina va boshqalar)ga gul bosish, ularni silliqlash, yaltiratish, zichlash mashinasi. Kalandr gorizontal joylashgan metall vallar (2-20 ta)dan iborat bo’lib, ular orasidan rulon yoki list materiallar o’tkaziladi. Vallar richag-yuk, pnevmatik va gidravlik qurilmalar yordamida qisiladi hamda ko’tariladi. Qog’oz ishlab chiqarishda Kalandrning mashinali, superkalandr, kalibrlovchi va bosma naqsh tushiradigan xillari bor. Kalandr to’qimachilikda, rezina ishlab chiqarishda, plastmassalardan polimer plyonkalar va buyumlar tayyorlashda, qog’oz sanoatida qo’llaniladi.