KOVROV
KOVROV — Rossiya Federatsiyasi Vladimir viloyatidagi shahar, Klyazma daryosidagi pristan. Temir yo’l tuguni. Aholisi 162,3 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). V. A. Degtyaryov nomidagi zavod (yengil o’t ochar qurollari, Motosikllar va boshqalar), ekskavator zavodi, to’qimachilik fabrikasi, texnologiya instituti, Vladimir-Suzdal tarix-arxitektura va badiiy muzey-qo’riqxona filiali bor. Kovrov 12-asrdan ma’lum.