KOBULIY

Ma’nosi

KOBULIY (taxallusi; asl ismi Mir Sayd) (15-a.) — shoir. Kobul amirlaridan bo’lgan Shayx Abu Saidning o’g’li. Alisher Navoiyning tog’asi. Navoiy «Majolis un-nafois» tazkirasida Kobuliyning she’riy iste’dodi yuqori bo’lganligi, she’rlarining aksariyati turkiy tilda ekanligini alohida ta’kidlab ko’rsatgan. Navoiy tazkirasi orqali bizga Kobuliyning bir tuyug’i yetib kelgan.

O‘xshash so‘zlar

K harfi: barcha so‘zlar