FUMAROLLAR
FUMAROLLAR (italyancha Fumarola) — Yer qa’ridan qaynoq vulkan gazlari hamda suyuq holatga aylangan suv bug’lari oqib chiqadigan yoriq va teshiklar. Magmadan ajralib chiqqan qaynoq gazlar (N2O, HCL, HF, SO2, CO2, CO, H2S va boshqalar) birlamchi, hali sovib ulgurmagan LAVA okimlari va piroklastik yotqiziqlardan chiqqan gazlar ikkilamchi Fumarollar lar deyiladi. Fumarollar kraterlarda, vulkanning yuqori va pastki qismlarida bo’ladi. Fumarollardan gazlarning chiqishi bosim ostida sodir bulib, ovoz chiqarib turadi. Temperatura pasayishi bilan suv bug’lari suyuq holatga aylanadi; termodinamik sharoitga bog’liq holda, unda birgalikda ajralayotgan ba’zi gazlar hamda yon-atrofdagi jinslar bilan reaktsiyaga kirishish natijasida hosil bo’ladigan va yer yuzasiga kutarilayotganda birga olib chiqilgan gaz va moddalar eriydi, harakatdagi vulkanlar rayonida gidrotermal eritmalar hosil bo’ladi. Dengiz ostida vulkanik gazlarining otilib chiqishi suv osti Fumarollar deyiladi.