KURESSAARE
KURESSAARE (1917 yilgacha Arensburg, 1952-88 yillarda Kingisepp) — Estoniyadagi shahar (1563 yildan), Saaremaa orolida, Roomassaare porti (Riga qo’ltig’i sohilida)dan 5 kilometr. Aholisi 17,0 ming kishi chamasida (1990-yillar boshlari). Balchiq bilan davolaydigan va iqlim kurorti. Go’sht-sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. O’rmon va yog’ochsozlik sanoati korxonalari, o’lkashunoslik muzeyi bor. Kuressaare 12-asrdan ma’lum. Orden qal’asi (14-15-asrlar), rato’sha (17-18-asrlar), avliyo Nikolay klassik cherkovi (18-asr) saqlangan.