KURS ISHI

KURS ISHI — oliy o’quv yurtlari talabalari tomonidan o’quv rejasidagi umumkasbiy va maxsus fanlar bo’yicha bajariladigan mustaqil ish. Kurs ishi professor- o’qituvchilar rahbarligida talabalarda to’plangan nazariy bilimdan muayyan masalani yechishda mustaqil foydalanish ko’nikmasini yoki mavzuni chuqur o’rganish maqsadida bajariladi. Kurs ishi, odatda, quyi kurslarda referativ, yuqori kurslarda grafikaviy-hisoblash ishlari sifatida o’tkaziladi. Kurs ishi mavzui oliy o’quv yurtlari kafedralarida ishlab chiqiladi va himoya qilinadi.