ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI

ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI – o’quv mashg’ulotlari turi. Unda o’quvchi (talaba)lar korxona, tibbiy, pedagogik, ilmiy tadqiqot va boshqa muassasalarda o’quv dasturlarida belgilangan ishlab chiqarish vazifalarini mustaqil ravishda bajaradilar. Ishlab chiqarish amaliyoti talaba yoki o’quvchilar nazariy bilimlarini amaliy yoki unumli mehnat bilan bog’lab, ularda ko’nikma va malakalar hosil qiladi. Ishlab chiqarish amaliyoti muddati muayyan o’quv yurtining tasdiqlangan o’quv rejasida belgilanadi.