ISHIM

ISHIM — Qozog’iston va Rossiya Federatsiyasidagi Daryo. Irtiitning chap irmog’i. Uzunligi 2450 kilometr, havzasining maydoni 177 ming kilometr kvadrat. Qozog’iston past tog’laridan boshlanadi. Ostona shahridan quyida Daryo vodiysi kengayadi. Quyiroqda G’arbiy Sibir tekisligiga chiqadi va ishim dashtidan o’tadi. Qordan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi quyilish yeridan 215 kilometrda 56,3 metr kub/sekund, eng ko’pi 686 metr kub/sekund. Vyacheslav va Sergeyev suv omborlari qurilgan. Ishim ichimlik suvi bilan ta’minlaydi, sug’orishda foydalaniladi. Noyabr boshlarida muzlab, aprel—mayda muzdan bo’shaydi. Petropavlovskdan yuqoriga 270 kilometr va Vikulovo qishlog’idan quyilish joyigacha kema qatnaydi. Ishim bo’yida Ostona, derjavinsk, esil, Petropavlovsk, ishim shaharlari joylashgan.