IXETUAN QO’ZG’OLONI

IXETUAN QO’ZG’OLONI – shimoliy Xitoydagi qo’zg’olon (1899-1901) Ixesyuan maxfiy jamiyati («Adolat va kelishuv yo’lida musht») tomonidan boshlangan, keyinchalik Ixetuan («Adolat va kelishuv otryadlari») nomini olgan. 1900 yil iyunda ixetuanlar Pekinga kirishgan. Germaniya, Yaponiya, Bukj Britaniya, AQSh, Frantsiya, Rossiya, Italiya va Avstriya-Vengriya qo’shinlari qo’zg’olonni (xorijiylar tomonidan boksyorlar qo’zg’oloni deb atalgan) bostirishgan.