XO’TAN

XO’TAN — Xitoyning g’arbiy qismidagi daryo, Tarim daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi (Qoraqosh daryosi bilan birga) 1035 kilometr, havzasining maydoni 43,6 ming kilometr kvadrat. Qoraqurum va Kunlun tog’laridan boshlanadigan Qoraqosh va Yurunqosh irmoqlarining qo’shilishidan hosil bo’lib, tekislikda Taklamakon cho’lidan oqadi. Bu yerdan o’tgan qismida faqat iyul—avgust oylaridagina to’lib oqadi. O’rtacha suv sarfi tog’dan chiqish joyida 120 metr kub/sekund. Xo’tan vohasini sug’orishga sarflanadi.