XOLIN-ESTERAZA
XOLIN-ESTERAZA — nospesifik atsetilxolinesteraza; atsetilxolinni sirka kislota va xolinga parchalaydigan ferment. Qon zardobida va eritrositlarda, turli hayvon va odam to’qimalari (ayniqsa, nerv)da topilgan. Kobra iloni zaharida ko’p. Organizmda parasimpatik nerv tolalari qo’zg’alganda hosil bo’ladi.