Golografiya nima?
Golografiya rus fizigi Yu. Denisyuk tomonidan 1968 yilda ixtiro qilingan. U lazer nurlanishidan foydalanishda eng qiziqarli sohalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, biron — bir predmetni lazer nuri bilan nurlantirishda nur to’lqinlarining nurlantirilayotgan predmetdan qaytadigan oqimi paydo bo’ladi. Bu nur oqimi o’sha predmetning shakli to’g’risida odatdagi yorug’lik nuriga nisbatan ko’proq ma’lumot beradi. Mana, nima uchun golografiya yordamida predmetning faqat shakli to’g’risida emas, balki hajmi to’g’risida ham ma’lumot olish mumkin. Agar nur yo’liga fotoplastinka qo’yilsa, unda qorong’u va yorug’ nuqtalar holatining tasviri aks etadi. Qayta ishlab tayyorlangan plastinka lazer nuri bilan yoritilsa, kishi ko’z o’ngida surati olingan predmetning Kyong ko’lamli tasviri gavdalanadi. Golografik tasvir faqat keng ko’lamli bo’lib qolmasdan, u predmetni har xil tomonlardan kuzatish imkoniyatini ham beradi. Biroq gologrammani kuzatish uchun kuzatuvchi plastinkadan ma’lum masofada turishi kerak. Faqat shu taqdirdagina u predmetning keng ko’lamdagi tasvirini ko’rishga muvaffaq bo’ladi. Golografiya yordamida faqat predmetlar aks ettirilibgina qolmasdan, balki ular to’grisida ulkan hajmdagi ma’lumotlar ham yozib olinadi. Mana shu sababdan bugungi kunda golografiya madaniyat va din sohalarida keng qo’llanilmoqda. Gologrammalardan jahon madaniyatining nodir yodgorliklarini saqlab qolishda ham keng foydalanilmoqda. Ko’pgina muzeylarda kamyob eksponatlar o’rniga ularning golografik nusxalari turadi. Bu — nodir asarlarni namoyish etish nuqtai nazaricha zarur, chunki golografik nusxalar saqlanishi harorat va havodagi namlikning qat’iy belgilangan sharoitini talab qilmaydi, shuningdek ularni o’g’rilab ketish hollari ham ehtimoldan yiroq. Badiiy golografiya asarlari shu xususiyati bilan ajralib turadiki, ularni Quyosh yorug’ida ham, sun’iy yorug’likda ham tomosha qilish mumkin (faqat golografiya xol xol nuqtali va yetarli darajada yorqin bo’lishi kerak). Golografiyaning bunday turi ham Rossiyada ixtiro qilingan. Gologrammada ayniqsa metalldan yasalgan eski buyumlar, but qoplamalar ancha aniq aks etadi. Kamyob va qimmatbaho predmetlar tasviri tushirilgan gologrammalarni tayyorlash — hozirgi kunda keng ommaviy tus olgan yo’nalishlardan biridir. Masalan, oxirgi yillarda rus pravoslav cherkovi qadriyatlari tasviri tushirilgan golografiyalar bisotini yaratish ustida qizg’in ish olib borilmoqda. «Golografiya, tabiatan, diniy — ilohiy mazmundagi mashg’ulot emasmi?» degan masala sinodda ko’rilib, muhokama buni tasdiqlaydigan ijobiy javob berdi. Bugungi golografik tasvirlar bisoti kelajakda ta’mirlovchilarga noyob asarlarni ularning asl holatida hayta tiklash imkoniyatini byoradi. Darvoqe, pravoslav san’ati asarlarining golografik tasvirini maxsus do’konlarda xarid qilish mumkin. Maxsus golografik suvratxonalar tashkil etiladigan davrlar ham uzoq emas, ularda har bir kishi o’zini butun bo’y — basti bilan gavdalantiradigan portretlarini buyurtma qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.