Lazer qanday ishlaydi?

Lazer — ingichka, ko’zni qamashtiradigan darajada o’tkir yorug’ nur tarqatuvchi pribor. Uning manbai uncha katta bo’lmagan kristall yoki gaz to’ldirilgan ampuladir. Magnit maydoni ta’sirida u to’qqizil yoki zangori nur tarqatadi. Bu hodisa asrimizning 60 — yillarida rus fizik olimlari Basov va Proxorov hamda amerikalik alloma mayman tomonidan kashf etilgan. Bu kashfiyot uchun ular Nobel mukofotiga sazovar bo’ldilar. Ma’lum bo’lishicha, lazer nuri o’ta noyob xususiyatlarga ega ekan. Uning yordamida kasaliklarni davolash, qiyin eriydigan metallarni kesish, olis masofalarga axborot va ma’lumotlarni uzatib berish mumkin. Siz, albatta, musiqa yozilgan kumushrang diskalarni ko’rgansiz. Ularni jaranglatadigan kuch ham lazer nuridir. Estrada maydonlaridagi nur o’yinlari ham lazer ko’magida yaratiladi. Xo’sh, lazer nurining siri nimada? Lazer tarqatadigan nur muayyan o’lchovdagi to’lqin uzunliklariga ega. Tabiatda sof holda bunday nur uchramaydi. Lazer nuri uzluksiz to’lqin uzunliklariga ega, u odatda qildan ham ingichka va taram — taram bo’lib tarqaladi.